Tayyorgarlik bosqichidagi loyiha

Birinchi qoshiq Oʻzbekiston bogʻlaridan boshlansin

Mevacha — Toshkent viloyatida bolalar pyuresi zavodini ochish loyihasi. Mahsulot hali sotuvda yoʻq: ishlab chiqarish 2027-yil avgustiga rejalashtirilgan.

Soʻrovnomadan oʻtishOta-onalar uchun · 4–6 daqiqa · anonim

Nimani rejalashtiryapmiz

Pauchda pyure

Meva va sabzavotlardan 90 grammlik qulay qadoqdagi pyure.

Birinchi qoshiq toʻplami

20 grammlik 10 ta kichik porsiya: dastlabki tatib koʻrish uchun katta qadoqni ochish shart emas.

Qadoqdagi QR-kod

QR-kod orqali partiya haqida maʼlumot olish imkoniyatini yaratmoqchimiz.

Qayerdamiz

  1. HozirTadqiqot va tayyorgarlik
  2. 2027-yil yanvarKompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish
  3. 2027-yil avgustIshlab chiqarishni boshlash
  4. 2027-yil sentabrBirinchi sotuvlar

Bu reja, muddatlar oʻzgarishi mumkin.

Tajribangiz bizning taxminlarimizdan muhimroq

Toshkent va viloyatdagi ota-onalar va boʻlajak ota-onalardan fikr soʻramoqchimiz: qanday qilib boqasiz yoki boqmoqchisiz, nimaga ishonasiz, nima yetishmayapti. Bu reklama emas, tadqiqot.

Soʻrovnomadan oʻtish

Bogʻ egalari, yetkazib beruvchilar va hamkorlar uchun

Meva-sabzavot yetishtirsangiz, qadoq ishlab chiqarsangiz yoki savdo bilan shugʻullansangiz, qoʻngʻiroq qiling.

+998 95 787 41 83